Joriy yilning 15-dekabr kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “ Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish ” bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbatining asosiy maqsadi – yoshlar va aholiga internetdan foydalanish madaniyati, raqamli savodxonlikni oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish hamda ularni hayotda va kasbiy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi. Ushbu suhbatlar yordamida axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilinadi, internetga ulanish muammolari o‘rganiladi va raqamli ko‘priklar qurish maqsad qilindi.
🟡 Davra suhbati davomida raqamli savodxonlikni oshirish, internetdan ta’lim va kasbiy rivojlanish yo‘lida foydalanish, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda zararli axborotlardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni IT sohasiga yo‘naltirish, onlayn ta’lim platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Suhbat yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi hamda bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi..
🗣 Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga internetdan oqilona, xavfsiz va mas’uliyat bilan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar uchun internet muhitida uchrashi mumkin bo‘lgan ma’naviy tahdidlarga nisbatan to‘g‘ri munosabat bildirish va ulardan himoyalanishning amaliy yo‘llari batafsil tushuntirildi.