✅Ertalabki badantarbiya – bu nafaqat jismoniy salomatlik garovi, balki insonning ruhiyati va kayfiyatini ko‘taradigan, kunni yangi kuch yangicha ishtiyoq bilan boshlashiga turtki bo‘ladigan muhim vosita. Bu shubhasiz, o‘qish jarayonidagi yangi yondashuv va qiziqishlar, mehnat jamoalarida esa foydali ish koeffitsientining keskin oshishida ham o‘z aksini topadi.
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida tong doimgidek badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi.
🏋️♀️🤺 Bugun, 27-oktabr kuni navbatdagi badantarbiya mashg‘ulotlari oliygohning Og'ir atletika, Ot sporti, hamda Taekvondo qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari tomonidan olib borildi.