Joriy yilning 25-31 oktyabr kunlari Aktau shahrida (Qozog‘iston) o‘tkaziladigan bochcha sport turi bo‘yicha turkiy davlatlar o‘rtasida xalqaro musobaqa hamda Joriy yilning 7-14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida (45 mamlakatdan 1500 nafarga yaqin yosh parasportchilar ishtirok etadi) bo‘lib o‘tadigan Yoshlar o‘rtasidagi para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan Sportning bochcha turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari tarkibida universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzonabi Tashev hamda kafedrada tahsil oluvchi talabalardan Bibiniso Raxmonova, Xusan Rasulov, Nizomiddin Xayriddinov, Akobir Shamsuddinov ishtirok etadi.
✔️Bugun ushbu xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan murabbiy va talaba-sportchilar bilan universitet sport klubi hamda kafedra mas'ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, ularga oldindagi musobaqalarda muvaffaqiyat va omad tilab universitet sport klubi tomonidan sport liboslari topshirildi.