🟢Kuz qish mavsumi oldidan talabalarning xavfsizligi va yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi proffessor o‘qituvchilari tomonidan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🟡Tashrif davomida talabalarga yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha zaruriy ko‘mak ko‘rsatilib, elektr va tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, zarurat bo‘lmaganda kechqurun 22:00 dan keyin ko‘chaga chiqmaslik, kuz-qish mavsumida muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda qo‘lbola jihozlardan foydalanmaslik bo‘yicha zaruriy tushuntirishlar berildi.
🔴Bunday tashriflar universitet talabalari, ayniqsa, ijarada yashayotgan yoshlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.