🗣Hurmatli O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalari!
Sizlarga ma’lum qilamizki, 2025/2026-o‘quv yilining 3-semestr o‘quv mashg‘ulotlari va attestatsiya sinovlari 2025-yil 27-oktabr sanaasidan 22-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
📌O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 385-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga binoan, sizga ushbu davr uchun qo‘shimcha ta’til beriladi.
📝 Eslatma:
O‘quv mashg‘ulotlari an’anaviy (universitetda) shaklda tashkil etiladi. Bu tartib 2024/2025-o‘quv yilidagi fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan va 2-kursga o‘tgan talabalar uchun amal qiladi.