16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda doimiy tarzda sportga jalb etish maqsadida Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Armwretling sport turidan musobaqa o‘tkazildi.
✅Musobaqada jami 6 ta jamoa ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlar yakunida quyidagi jamoalar shohsupaga ko'tarildi.
⏺80kg vazn toifasida
🥇-o‘rin Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 51-25 guruh talabasi Jamoliddinov Barkamolga;
🥈-o‘rin Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 01-24 guruh talabasi Xamdamov Samandarga;
🥉-o‘rin Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi sirtqi ta'lim 54-23 guruh talabasi Xolmurodov Baxtiyorga nasib qilgan bo‘lsa
⏺+80 kg vazn toifasida
🥇-o‘rin Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi sirtqi ta'lim 51-23 guruh talabasi Mirkarimov Mirabdullaga;
🥈-o‘rin Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 51-24 guruh talabasi Sultonbekov Boburmirzoga;
🥉-o‘rin Og'ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi 01-25 guruh talabasi Shirinov Shaxzodga nasib etdi.
✅Talabalar turar joyi qavatlarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu musobaqa nafaqat talablarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga shu bilan bir qatorda ularning o‘zaro do‘stlik va jamoaviy birdamlik rishtalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgani bilan ahamiyatlidir.
🟢Bu kabi musobaqalarning doimiy o‘tkazib borilishi o‘z navbatida talabalarda nafaqat abjirlik, tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishi bilan birga, turli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.