13-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda doimiy tarzda sportga jalb etish maqsadida voleybol sport turidan musobaqa o‘tkazildi.
✅Musobaqada jamoa 8 ta jamoa ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlar yakunida quyidagi jamoalar shohsupaga ko'tarildi.
🥇-o‘rin Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi jamoasi:
🥈-o‘rin Voleybol basketbol nazariyasi va uslibiyati kafedrasi sirtqi ta'lim talabalari:
🥉-o‘rin Toshkent tibbiyot akademiyasi chirchiq filiali talabalari:
✅Talabalar turar joyi qavatlarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu musobaqa nafaqat talablarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga shu bilan bir qatorda ularning o‘zaro do‘stlik va jamoaviy birdamlik rishtalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgani bilan ahamiyatlidir.
🟢Bu kabi musobaqalarning doimiy o‘tkazib borilishi o‘z navbatida talabalarda nafaqat abjirlik, tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishi bilan birga, turli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.