🟢Kuz qish mavsumi oldidan talaba-qizlarning xavfsizligi va yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Taekvando qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati hamda Voleybol basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🟡Tashrif davomida talabalarga yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha zaruriy ko‘mak ko‘rsatilib, elektr va tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, zarurat bo‘lmaganda kechqurun 22:00 dan keyin ko‘chaga chiqmaslik, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda qo‘lbola jihozlardan foydalanmaslik bo‘yicha zaruriy tushuntirishlar berildi.
🔴Bunday tashriflar universitet talabalari, ayniqsa, ijarada yashayotgan yoshlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.