📶Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi
✅2025-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Rashid Matkarimov sport ta’limi va ilmiy izlanishlar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yetakchi xorijiy olimlar bilan muzokaralar olib bordi.
🟢Mazkur tadbirda Germaniyaning Kyoln sport universiteti huzuridagi Ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Markus Raab, Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasi, Rossiya Federatsiyasining Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori Shiyan Viktor Vladimirovich hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shandun universiteti dotsenti janob Syuy Syansyan ishtirok etdi.
➡️Uchrashuv davomida sport ta’limi sohasida ilmiy yangiliklarni tatbiq etish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, talabalar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy izlanishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🔴Tadbir doirasida Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining "Faxriy professori" unvoni tantanali ravishda topshirildi.
🔴Mazkur qaror ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, ilmiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va sport ta’limi sohasida yangi bosqichni boshlab berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
🔺Shundan so‘ng horijlik mehmonlarga universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.