✅16-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustoz, O‘zbek jang San'ati federatsiyasi raisi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Butunjahon milliy sportlar federatsiyasi (WOMAU) vitse-prezidenti Usmonov Po‘lat Akramovich muallifligidagi "O‘zbek jang sanati" o‘quv qo‘llanmasi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zbek tarixining afsonaviy arboblari qanday qilib ushbu jang san'atining asoslarini qo‘yganligini yoritib beradi. Ularga Alp Er To‘nga, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Bobur Mirzo kiradi. Bu qahramonlar jang san'atining qadriyatlari va texnikasini shakllantirgan. Natijada jang san'ati nafaqat o‘zini himoya qilish usuli, balki avlodlarni ilhomlantirib, birlashtirib kelayotgan chuqur madaniy boylikka ham aylandi.
🔺Ma'lumot o‘rnida: "O’zbek jang san’ati" milliy sport turi - ota-bobolarimizdan qolgan buyuk meros bo’lib, u Temuriylar jang san’atining zamonaviy ko’rinishi hisoblanadi. Bu yangi yakka kurash zamirida “Temuriylar jang usuli”, “qo’l san’ati”, “kurash”, “yetti tirsak” kabi usullarning eng sara, mukammal harakatlari mujassamlangan. 2009-yildan "O’zbek jang san’ati" milliy sport turlari qatoriga kiritildi. 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "O‘zbek jang sanati" bo‘yicha o‘quv yo‘nalishi ochildi.
✔️Mazkur darslik ushbu yo‘nalishda ta'lim olayotgan talabalarga "O‘zbek jang sanati" asoslarini o‘rgatishda asosiy o‘quv qo‘llanma bo‘lishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.