O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 18–23-may kunlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro boks turniri bo‘lib o‘tdi.
🥊Mazkur musobaqada Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda yurtimiz sportchilari bilan bir qatorda universitetning boks yo‘nalishi talabalari ishtirok etmoqda. Turnirda jami 230 nafar sportchi qatnashdi.
🤝Bugungi final bahslari 50 kg, 55 kg, 60 kg, 65 kg, 70 kg, 75 kg, 80 kg, 85 kg, 90 kg va +90 kg vazn toifalarida bo‘lib o‘tdi.
🎉Ushbu turnirda umumjamoa hisobida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi tengsiz bo‘ldi.