Diqqat E'lon!!
🎓 Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari!
🏕Sizlarga joriy yilning sentabr-oktabr oylarida bo'lib o'tadigan “Eko-innovation - 2025” ko‘rgazmasida namoyish etiladigan, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari tomonidan ishlab chiqilgan, ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ro‘yxati shakllantirilayotganini ma'lum qilamiz.
‼️Mazkur ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi "O‘zbekiston – 2030” strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF–16-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Eko-innovation - 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi sifatida tashkil etilmoqda.
🎓Qadrli talabalar respublikamizdagi mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi loyihalaringiz bo'lsa 2025-yil 20-may sanasiga qadar universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.
☎️Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: +99893 002-62-02.