#talaba_yutuqlari
🤾2025-yil 10-may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida start olgan "Talabalar ligasi” sport musobaqalarining gandbol bo‘yicha Respublika final bosqichida kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etilmoqda.
🔼E’tiborlisi, ushbu bahslarda o‘zlarining yuksak iqtidori bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sharafini munosib himoya qilayotgan gandbolchi talaba yigit-qizlarimiz raqib jamoalarni katta farqlar bilan mag‘lub etmoqda.
☄️Xususan, talaba-qizlardan iborat terma jamoamiz Qashqadaryo viloyati jamoasini 126:6 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, yigitlarimiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi ustidan 18:11 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldilar.
👏Sportchi talabalarimizga oldinda kutilayotgan bellashuvlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Eslatib o‘tamiz, musobaqa 2025-yil 16-may sanasiga qadar davom etadi.