#kibersport
🖥Joriy yilning 13-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kibersport turlarini yanada rivojlantirish va ularni talaba-yoshlar orasida keng ommalashtirish maqsadida barcha bosqich hamda ixtisoslik yo‘nalishi talabalari o‘rtasida musobaqa tashkil qilindi.
✅Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa saralash vazifasini o‘tab, unda talabalar kibersportning CS:2, DOTA 2, CLASH OF CLANS, FIFA hamda PUBG MOBILE turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar.
🔽Kibersport bo‘yicha iqtidorli talabalarni kashf etishga xizmat qilgan musobaqa yakunida o‘yinlar davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar keyingi bosqichga tavsiya etildi.