#️⃣talaba_yutuqlari
🗓Joriy yilning 10-12 may kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
✔️E’tiborlisi, musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining ham borligi yanada quvonchlidir.
🥇🥇🥈🥈Xususan, oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Umida Rajapova 2 ta oltin, Og‘ir atletika, ot sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Dildora Nurilloyeva 2 ta kumush medal sohibasiga aylandilar.
👏Ofarin Umida! Barakalla Dildora!