#talaba_yutuqlari
✔️Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasidagi "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining stol tennisi, shaxmat va badminton turlaridan Respublika final bosqichi shiddatli bahslar ostida kechmoqda.
♟Jumladan, mazkur final bosqichi dasturidan o‘rin olgan shaxmat sport turidan bo‘lib o‘tgan bellashuvlar yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining shaxmat yo‘nalishi talabalari Davron Sharipov hamda Maftuna Bobomurodova barcha raqiblarini ishonchli g‘alabalar bilan mag‘lub etib, musobaqa chempionlariga aylandilar.
🏆👏Shaxmatchilarimizga chempionlik muborak bo‘lsin!