#sport_oyligi
#erkin_kurash
✅Ma’lumki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 2025-yil may oyi respublikamizning barcha oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida "Sport oyligi" deb eʼlon qilindi.
🏆Ushbu oylik doirasida faollikni qo‘lga olgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 🤼ERKIN KURASH sport turi bo'yicha Universitet ochiq birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
✔️Taʼkidlash kerakki, 100 ga yaqin sportchi talabalarni oʻzida qamrab olgan ushbu musobaqa yangi iqtidor egalarini kashf etish orqali erkin kurash boʻyicha universitet terma jamoasini shakllantirishdagi oʻrni katta boʻldi.
🏅📜Yakunda gʻoliblarga diplom hamda medallar shuningdek, musobaqani tashkil etish va oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan kafedra oʻqituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi.