#xalqaro_turnir
🥊Bugun, 3-may sanasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan boks bo‘yicha XALQARO OCHIQ TURNIR boshlandi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari SHAXRILLO MAXMUDOV tomonidan ochib berilgan musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, oliygoh jamoasi, tajribali murabbiy va hakamlar, talabalar hamda taniqli bokschilar Bahodir Jalolov va Isroil Madrimov ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar mazkur nufuzli sport musobaqasining ahamiyati va uning sportchilar mahoratini oshirishdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.
✔️Shuni alohida qayd etish kerakki, turnir g‘oliblariga “Sport ustasi” darajasini taqdim etuvchi ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlari, shuningdek, Qozog‘iston, Quvayt va Kombodja davlaridan jami 200 nafardan ortiq mahoratli charm qo‘lqop ustalari 13 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro janglarga kirishdilar. Ahamiyatlisi, turnirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti boks terma jamoasi ham barcha vazn toifalarida ishtirok etmoqda.
📍Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli musobaqa 2025-yil 8-may kuniga qadar davom etadi.