Joriy yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati jamoatchilik Kengashi rejasiga asosan Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi, 2021 yil 15 dekabrdan 2022 yil 15 yanvar kuniga qadar davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi”, “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Harbiy qism rahbariyati tadbir mehmonlarini harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdilar.
Tadbir so‘ngida universitetdan tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan harbiy xizmatchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy