#Tanlov
 
UNIVERSITET TALABA-QIZLARI DIQQATIGA!
 
? O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Milliy liboslar ma’naviyat koʻzgusi" deb nomlangan talaba-qizlar oʻrtasida tikuvchilik boʻyicha tanlov eʼlon qilamiz.
 
??Tanlovda bakalavr hamda magistraturada tahsil olayotgan qizlar ishtirok etishi mumkin.
 
? Tanlov 2021-yil 25-noyabr kuni Talabalar turar joyi qoshida tashkil etilgan tikuvchilik xonasida o‘tkaziladi.
 
?Tanlov g‘olib va sovrindorlari universitet rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
 
Tanlovda ishtirok etish uchun fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari bilan bog'lanishingiz mumkin. 
                                                                                        
Tanlov materiallari universitetning “Xotin-qizlar kengashi”  tomonidan tuzilgan hayʼat aʼzolari tomonidan baholanadi.
 
Tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
 
1-o‘rin 3 million so‘m;
2-o‘rin 2 million so‘m;
3-o‘rin 1 million  so‘m.
 
? Murojaat uchun telefonlar: +998 93 556 38 48
 
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy