#tashrif
Joriy yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti Xalqaro va mobil markaz direktori, professor RAMLEE BIN ISMAIL boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida delegatsiya a’zolari universitetdagi mavjud sport inshootlari, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda universitetda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish uchun bo‘lib o‘tayotgan imtihon jarayonlarini kuzatishdi.
Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, unda joriy yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan Malayziya – O‘zbekiston universitetlar forumidagi tashkiliy masalalar shuningdek, noyabr oyida hamkor universitetga o‘qituvchi va talabalarni stajirovkaga yuborish to‘g‘risida fikrlar-almashildi.
Yakunda yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlikda qilinadigan amaliy ishlar belgilab olindi.