Bugun erta tongdan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davom etayotgan kurash bo‘yicha 3 oylik onlayn kurs amaliy mashg‘ulotlarida bo‘lajak mutaxassislar “Yuklama” va "Yelka" guruhining texnikalarini o‘rganishga kirishdilar.
Kursning yetakchi eksperti doktor Muhammad Vohid Poresfandiyor, IKIning tajribali mutaxassislari Rizamat Soliyev, Olim Ravshanov hamda universitet professor-o‘qituvchilari Nuriddin Chorshamiyev, Feruz Bobomurodov va Shuhrat Qurbonovlar birgalikda barcha guruhlarga kurash usullari texnikalarini muvaffaqiyatli bajarish borasida master-klass o‘tkazishdi.
Mashg'ulotlar davomida kurs tinglovchilari kurash usullari texnikalarni mutaxassislarning aniq ko‘rsatmalari asosida bajarishni mashq qilib, ulardan individual tavsiyalar oldilar.