#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!
Ta’lim fidoyisiga ovoz beraman!
Davlatimizni yanada rivojlanishi uchun barcha sohalarda ilmga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni ham mana shu sohani yuqori pog‘onaga ko‘tarishga qaratilganligi bilan jamiki ilm ahli uchun qadrlidir. Ushbu Farmonda ulkan maqsadli vazifalar belgilab qo‘yilganki, u shaxsan men uchun ham dasturulamal bo‘lmoqda.
Bu o‘zgarishlarni o‘zim faoliyat yuritayotgan bilim dargohi misolida, ilm-fanni rivojlantirish, sport sohasiga juda katta e’tibor qaratilayotganligida ko‘ryapman.
Buning natijasida sportchilarimiz dunyo miqyosida nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz salohiyatini butun dunyoga namoyon etayotganligida his qilyapman.
2021-yil 24-oktabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida ilmiy sohaning ravnaq topishi yo‘lida o‘zim munosib deb topgan nomzodga ovoz beraman. Sizlarni ham saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Valixon ANASHOV, O‘zDJTSU “Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy