#ilmiy_anjuman
Kecha, 15-mart kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning Sport huquqi ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi tomonidan "Sportchi talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar integratsiyasi" mavzusida iqtidorli talabalarning navbatdagi ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Unda Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Abdumalik Shopulatov, Sport huquqi ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi mudiri Fazliddin Yakubov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Anjuman davomida talaba-yoshlar sport to‘garaklarining ijtimoiy ahamiyati, yoshlarda axborotga tobelik omillarining sotsiologik xususiyatlari, sport tadbirlarni tashkil etishda moliyalashtirish, uning xususiyatlari va muammolari kabi turfa mavzularda qiziqarli taqdimotlar qilindi.
Yakunda esa qilingan taqdimotlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, talaba-yoshlarga professor-o‘qituvchilar o‘zlarining kerakli tavsiyalarini berishdi. Anjumanning faol ishtirokchilari esa sertifikatlar bilan taqdirlandi.