#tadbir
Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish va ularning oldini olish” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda universitet rahbariyati, Toshkent viloyati va Chirchiq shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi vakillari, shifokor norkolog, professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlar qatnashdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga giyohvand moddalar isteʼmol qilishning ayanchli oqibatlari, doimo ogoh boʻlib, ushbu ogʻu domiga tushib qolishdan saqlanish hamda koʻplab insonlar va yoshlarning umriga zomin boʻlayotgan bunday giyohvandlik moddalariga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar, qoʻllanilayotgan keskin choralar xususida kerakli maʼlumotlar berib oʻtildi.