#xizmat_safari
#talaba_yutuqlari
✔️Sport vazirligi mas’ul xodimi Muqim Arziqulov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Sian shahrida xizmat safarida bo‘lib turganligi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari mazkur universitetda tashkil etilgan “Xitoy–Markaziy Osiyo Universitetlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Xalqaro O‘quv Lageri” turnirda ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.
🏓2025-yil 22–27-may kunlari o‘tkazilgan ushbu turnirda Markaziy Osiyo davlatlaridan – O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston Respublikasi hamda Sian shahridan 4 ta oliy ta’lim muassasasi qatnashdi. Quvonarlisi, unda universitetimiz talabalari ham munosib ishtirok etib, musobaqa davomida yuqori natijalarni qayd etdilar.
➡️Jumladan: jamoaviy bahslarda universitetimiz jamoasi mezbon – Sian Jismoniy Tarbiya Universiteti jamoasidan keyin 🥈ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yakkalik bahslarida ayollar o‘rtasida Mehriniso Norqulova 🥉bronza, erkaklar o‘rtasida Amirbek Matniyozov barcha raqiblarini ortda qoldirib 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi.
☄️Ushbu natijalar bilan universitetimiz talabalari medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
🤔Bu yutuqlar esa xalqaro miqyosda universitetimizning obro‘sini oshirib, talaba-yoshlarimizning sport salohiyati yuqori darajada ekanini yana bir bor isbotladi!
🛫Shuning bilan delegatsiyamizning Xitoy davlati Sian shahridagi xizmat safari o‘z nihoyasiga yetdi.