#yanginafas #marafon #bayrog‘im
Kuni kecha, 19-noyabr kuni yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat 🇺🇿bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizning 16 ta shahrida bir vaqtda tashkil etilgan mazkur sport tadbiri barcha sportsevarlarni bir nuqtaga jamladi. Ommaviy yugurish musobaqasi 15 ta shaharda 3 km, poytaxtda esa 3 va 10 km masofalarga o‘tkazildi.
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida ham ushbu yugurish musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 150 dan ortiq talaba-yoshlari faol ishtirok etib, 3 km masofani bosib o‘tishdi.