Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rektori Maxmudjon Boltabayev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda barcha prorektorlar, bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida universitet rektori 2022-yil sarhisobi, jumladan erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, shu bilan birga, ijro intizomiga qat’iy ravishda amal qilishga alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘z navbatida bir qator professor-o‘qituvchilar tomonidan ham fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida esa universitet rahbari tomonidan mas’ullarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar berildi.