Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan muqaddas, uni asramoq – mardlarga xos” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Q. Tursunov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanov, Chirchiq gornizonida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari, oliygoh prorektorlari, rahbar xodimlar, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Dastlab harbiy qismlarning qurol-aslaha, texnikalar ko‘rgazmasi va o‘ziga xos harbiy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq gornizonida joylashgan harbiy qismlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandumlar imzolandi.
Rasmiy jaryonlaridan keyin tadbirning tanatanali konsert qismiga navbat berildi. Uni Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Q.Tursunov hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanovlar ochib berishdi va ular tomonidan universitetda faoliyat olib borayotgan ko‘plab nafaqadagi harbiylar bayram munosabati bilan taqdirlandi. Ayniqsa, tardbirdan o‘rin olgan Toshkent harbiy okrugi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ansambli ijrosidagi badiiy chiqishlar barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.