Ayni vatqda, respublikamizning barcha hududlarida sportchi talaba-yoshlarni o‘z atrofiga jamlagan “Universiada–2022“ sport musobaqalari davom etmoqda.
Xususan, joriy yilning 16-20 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatida sportning gandbol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Universiada sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan oliygohimiz talabalaridan tashkil topgan Toshkent viloyati terma jamoasi dastlabki o‘yinning o‘zidayoq Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi ustidan 36-34 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar!
Jamoamizga keyingi o‘yinlarda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!