Xabaringiz bor, kuni kecha jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha eng munosiblarni aniqlab beruvchi “Milliy sport mukofoti – 2022” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni dastlab O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov ochib berdi. Shundan so‘ng barcha nominatsiyalar oʻz egalariga topshirildi.
Ahamiyatli jihati, taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi ham borligi, sportchilar oilasi vakillarining cheksiz quchonchiga sabab bo‘ldi!
Ya’ni “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” nominatsiyasi bo‘yicha – oliygohning Kurash fakulteti 3-kurs talabasi, dzyudo boʻyicha Jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev taqdirlandi!
Sportchimizni ushbu mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ma’lumot o‘rnida, Muzaffarbek To‘raboyev Kurash fakulteti dekani M.Kirgizboyevning shogirdlaridan biridir.