Xabaringiz bor, joriy yilning may oyida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi tashkil etildi.
Unda yurtimizdagi mavjud 159 ta universitet va institutlar orasidan 116 ta OTM, jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham g‘alaba uchun bahs olib borishdi.
Butun O‘zbekiston yoshlarining diqqat e’tiborida bo‘lgan musobaqaning hududiy bosqichlari o‘z nihoyasiga yetib, unga ko‘ra, universitetimizning “Toshkent sport” jamoasi Toshkent viloyat bosqichi g‘olibiga aylandi!
Yuqoridagi fotolarda ushbu tarixiy lahzalar aks etgan.