🏢 Bugun Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” doirasida universitet Öquv işlari böyiça prorektori Eldor Raxmanov magistrantlar bilan uçraşuv ötkazdi.
🗣 Uçraşuv davomida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi “Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqiçida kadrlar tayyorlaşni takomillaştiriş hamda samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 500-son qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar va yangi talablar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
☑️ Xususan, magistrantlar tomonidan ilmiy tadqiqot mavzularini töğri va maqsadli tanlaş, tanlangan mavzularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyatini ta’minlaş, ilmiy-tadqiqot işlarini aniq reja va belgilangan bosqiçlar asosida taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, magistrantlarning dars-maşğulotlaridagi davomati, darslarda muntazam va faol iştirok etişi hamda ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondaşiş zarurligi ta’kidlandi.
🎓Muloqot davomida magistrantlarning ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali taşkil etiş yuzasidan bildirgan taklif hamda muammolari tinglandi. Xususan, universitet Axborot-resurs markazining ilmiy adabiyotlar fondidan foydalaniş vaqtini uzaytiriş, şuningdek, dars maşğulotlariga xalaqit bermagan holda ilmiy seminarlarda iştirok etiş amaliyotini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
✅ Bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegişli mas’ullarga ularni örganiş, mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça topşiriqlar berildi.