Bugun 7 mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Madaniyat saroyida 8 mart-Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Universitetining professor-o‘qituvchilaridan iborat xotin- qizlar, ishchi -xodimlar va talaba qizlar taklif etilgan mazkur bayram tadbirida dastlab universitet rahbariyati ularni bayram bilan qutlashdi. Shundan so‘ng bir guruh ayol professor -o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talaba-qizlar universitetning esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan mukofotlanishdi.
Shuningdek, 8 mart bayrami munosabati bilan ayollar o‘rtasida universitet sport klubi tomonidan tashkil etilgan “Do‘stlik” spartakiadasining badminton, stol tennisi, stritbol, yengil atletika, voleybol sport turlari bo‘yicha bellashuvlarida kuchli uchlikdan joy olgan o‘qituvchi va talabalar ham diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shundan so‘ng poytaxtimizdagi milliy akademik drama teatrining aktyorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlariga navbat berildi. Taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishladi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy