QABUL_2025: Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning sakkizinchi kuni bo’lib o’tmoqda.
📌Bugun, 14-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning sakkizinchi kuni o’tkazilmoqda.
📱Bugun abituriyentlar
✔️Sport faoliyati: eshkak eshish
✔️Sport faoliyati: akademik eshkak eshish
✔️Sport faoliyati: o‘q otish va stenddan o‘q otish
✔️Adaptiv jismoniy tarbiya va sport yo’nalishi uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.
📹 Joylardagi imtihon jarayonlarining ochiq va shaffof o'tishi bevosita Sport vazirligi mas'ullari va universitet rahbariyati tomonidan kuzatib borilmoqda.