2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan mazmunli va samimiy ruhda uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
🗣️Uchrashuvda universitet rektori Rashid Matkarimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Mirshohid Tillaboev, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev hamda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan professional bokschi Isroil Madrimov ishtirok etdilar.
✔️Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi islohotlar hamda yosh sportchilarni xalqaro arenaga tayyorlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, professional sportchilarning hayotiy tajribasi, mehnatsevarlik va intizom orqali erishilgan yutuqlar yoshlar uchun muhim motivatsiya manbai ekanligi ta’kidlandi.
🟢Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ochıq muloqot tarzida o‘tgan tadbir yoshlar uchun nafaqat foydali, balki ilhomlantiruvchi ruhda kechdi.
⏩Yakunda yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, yurtimiz nufuzini xalqaro miqyosda yanada yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shishga da’vat etildi.