Universitetimizda ustozlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularning mehnatini qadrlash muhim an’analardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda kafedra mudirimiz o‘z yo‘nalishi bo‘yicha universitet taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlarni alohida e’tirof etish va ularning holidan xabar olish tizimini yo‘lga qo‘ymoqda.
Faxriy professor-o‘qituvchilar bilan samimiy uchrashuvlar tashkil etilib, ularning boy tajribasi va mehnati alohida e’tirof etildi.
Universitet ravnaqiga hissa qo‘shgan ustozlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish ezgu an’analarimizdan biridir.
Kafedramiz tomonidan faxriy ustozlarga tashrif buyurilib, ularning hayot va mehnat faoliyati yoshlar uchun ibrat sifatida e’tirof etildi.