O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport majmuasida milliy sport turimiz hisoblangan O‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
🗣️7-mart kuni musobaqaning ikkinchi kunida 770 nafar ishtirokchilar Kompleks mashq yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashmoqdalar.
✨Mazkur chempionat milliy sport turimiz — o‘zbek jang san’atini yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🥋Musobaqa ertaga 8-mart kuni ham davom etadi.