2026-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Avstraliyaning nufuzli “Sport Nomads Pty Ltd” kompaniyasi rahbari Andrey Vorontsov tashrif buyurdi.
✔️Tashrif davomida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Rashid Matkarimov hamda kompaniya rahbari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏩Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
Erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish;
⏩Avstraliya va O‘zbekiston o‘rtasida talabalar hamda murabbiylar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
⏩Sport fani, pedagogika va sportchilarni tayyorlash metodikasi bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
⏩Murabbiylar uchun malaka oshirish seminarlari va xalqaro o‘quv kurslarini tashkil qilish kabi masalalar belgilandi.
📶Ushbu kelishuv universitetimizning xalqaro aloqalarini kengaytirish va talabalarimiz uchun jahon andozalari darajasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.
🤖Ma'lumot o‘rnida: “Sport Nomads” tashkiloti global sport platformasi bo‘lib, sport orqali dunyo bo‘ylab sportchilar va murabbiylar uchun o‘rganish, mashg‘ulotlar, tajriba almashish va o‘sish imkoniyatlarini yaratadi. Ular sport federatsiyalari, universitetlar, klublar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, yuqori sifatli sport va sayohat dasturlarini ishlab chiqadi. Shuningdek, sportchilar va murabbiylar uchun yangi imkoniyatlar ochish, ta’lim va o‘sish yo‘llarini kengaytirishni maqsad qiladi.