📕O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli talabalar va doktorantlari uchun 2026-yil 3-fevral kuni "Ilmiy maqolalarni shakllantirish va chop etishdagi muammolar va istiqbollar" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etiladi.
🌎Ushbu seminarda ishtirok etishni istovchi talabalarni E bino
301-auditoriyada soat 10:30 da bo'ladigan ilmiy-amaliy seminarga taklif etamiz.
✔️Ilmiy-amaliy seminar talaba va doktorantlarning ilmiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga, ularning ilmiy maqolalar yozish va chop etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
📑Mazkur seminar zamonaviy ilmiy tadqiqot faoliyatida dolzarb bo‘lgan masalalar — ilmiy maqola yozish metodologiyasi, xalqaro va respublika ilmiy jurnallar talablari, maqolalarni rasmiylashtirish me’yorlari, plagiat muammolari hamda nufuzli bazalarda (Scopus, Web of Science va boshqalar) chop etish jarayonlari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan.