Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga muvofiq, Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2026-yilda Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va malaka oshirish uchun quyidagi o‘quv dasturlari bo‘yicha tanlov e’lon qilingan:
➡️ “Yapon tili va madaniyati” — oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
➡️ “Boshlang‘ich va o‘rta maktab hamda litsey o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.
🗓Hujjat topshirishning oxirgi muddati:
➡️ 2026-yil 30-yanvar
✔️ Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar ariza topshirish tartibi va dasturlar bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishib, talabnomani to‘ldirishlari hamda barcha zarur hujjatlarni mustaqil ravishda ushbu diplomatik vakolatxonaga topshirishlari lozim.
📎 Batafsil ma’lumot:
➡️ http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3