Kengash yig'ilishi avvalida universitetda uzoq yillar mobaynida fidoiylik bilan samarali mehnat qilib kelgan Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, professor Dilbar Safarovaning tabarruk 80-yoshni qarshilagani munosabati Sport vazirligi tomonidan e'tirof etilib, "Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, universitet Kasaba uyushmasining sovg'alari topshirildi.
Shundan so‘ng universitet rektori R.Matkarimov 2025-yil noyabr oyi mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida olib borilayotgan tarixiy jarayonlar va ularning ahamiyati borasida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
✔️Kengash yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar — sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, Korrupsiyaga qarshi kurashish, 2025-yil nashr rejasi bajarilishi, universitetda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa shu kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, Kengash tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.