1–6 noyabr kunlari Eronning Babolsar shahrida harbiy sportchilar o‘rtasida 🏋🏻♂️ “1st Military Weighlifting Challange” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida -71 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan talabamiz Xusinboy Matrasulov kechagi kun bahslarida dast ko‘tarish mashqida 150 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarishda esa 172 kg og‘irlikni zabt etib, ikki kurash natijasi bo‘yicha — 322 kg og‘irlikni bo‘ysundirib kumush medal sohibiga aylandi.
✔️Xusinboy Matrasulovni erishgan yutug‘i bilan universitet jamoasi samimiy muborakbod etadi. Barakalla Xusinboy!
🔺Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasini jahon va Olimpiya chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Ruslan Nurudinov murabbiy sifatida boshqarib bormoqda.