✅Joriy yilning 28-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitertida “Og‘ir atletika va ot sporti nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan Og‘ir atletika va ot sportida ilm va sport amaliyotining integratsiyasi mavzusidagi Respublika ilmiy-anjumani o‘tkazildi.
✔️💪Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i M.Arziqulov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Gaziyev, Osiyo ot sporti federatsiyasi vise-prezidenti hamda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.Gaziyevlar ishtirok etishdi.
🌎Mazkur anjumanda quyidagi yo‘nalishlarda ma'ruzalar tinglandi.
⚫️1. Mamlakatimizda og‘ir atletika sport turlari, ot sporti hamda para pauyerlifting sport turlarini rivojlantirish dolzarb muammolari;
⚫️2. Bodibilding va fitness sport sohasida kadrlar tayyorlash;
🟣3. Og‘ir atletika sport turlari, ot sporti hamda para pauyerlifting sport faoliyatini psixologik va psixofiziologik ta’minlashning dolzarb muammolari;
🔘4. Sportchilarni tayyorlashda o‘quv-mashg‘ulotlarni tashkil etishning ilmiy nazariy muammolari;
⚫️5. Sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini zamonaviy texnologiyalardan foydalanish istiqbollari.
➡️Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad og‘ir atletika, ot sporti hamda bodibilding sportining integratsiyalashuvi, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholining jismoniy faolligini oshirishda ommaviy sport turlarining o‘rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishda milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganib, istiqbolli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.