ERASMUS+ LOYIHASI BO‘YICHA LITVA SPORT UNIVERSITETIGA TASHRIF
Joriy yilning 13 – 21 oktabr sanalarida Litva davlatining Kaunas shahrida joylashgan Litva sport universitetda Erasmus+ loyihasi doyrasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba va malaka almashuvi doirasida “Qishki va murakkab texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aziz Masharipov xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
Xizmat safar doirasida Litva sport universiteti “Sport turi bo‘yicha murabbiy” bakalavr bosqichi velosport yo‘nalishi talabalariga “Alfa va Z yosh avlod bolalarini velosport turiga jalb qilish” mavzusi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar olib bordi.
Tashrif davomida Litva sport universiteti qoshidagi “Sport ilmi va innovatsiya” instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib, unda hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi sport ilmi uchun foydali jihozlar va ulardan foydalanish tartibi o‘rganildi.