🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida U-20 yoshlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda
🟡Joriy yilning 15–17 oktabr kunlari Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha U-20 yoshlar toifasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
➡️Bugun chempionatning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari Galatis Xristos Georgos, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov va murabbiylar, sportchilar hamda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdilar.
🟡Musobaqada 10 ta yosh toifasidagi kurashchilar bellashuvlarni boshlab, g‘alaba uchun kurashmoqdalar. Ushbu chempionat yosh kurashchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, tajriba orttirish va milliy terma jamoaga munosib nomzod bo‘lish yo‘lida muhim sinov bo‘lib xizmat qilmoqda.