🏆🟡2025-yil 25-27 sentyabr kunlari O‘zbekiston yengil atletika Federatsiyasi sport bazasida yengil atletika bo‘yicha U14 va U16 yosh toifalaridagi sportchilar o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
🔴Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 800 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etmoqda.
✅E’tiborlisi, ushbu Respublika chempionati musobaqasida universitetmizning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tashkiliy qo‘mita va hakamlik vazifalarida faol ishtirok etmoqda.
🗣Shuningdek, ixtisoslik talabalari uchun dual ta’lim dasturi bo‘yicha ham amaliy mashgʻulot olib borilmoqda.