✅Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV/OITS infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
🟡👮♀️ Joriy yilning O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish va OIV/OITS infeksiyalarining oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Ismailova, Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘i O.Xudoyqulova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor M.Ro‘zimurodova, tyutorlar, hamda Yoshlar ittifoqining faol talaba qizlari ishtirok etdilar.
➡️ Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvand moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri va ularning jamiyatda keltirib chiqarayotgan muammolari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
🔄 OIV/OITS infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari va zamonaviy davolash usullari haqida tushuntirishlar o‘tkazildi.
💠 Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida savol-javob shaklida suhbat o‘tkazildi hamda mavzu bo‘yicha targ‘ibot materiallari va axborot vositalari tarqatildi.
🔴 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli salbiy illatlardan ogohlantirish, huquqiy va tibbiy savodxonlikni oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🔵 Shu kabi tadbirlar universitetda muntazam ravishda tashkil etilib, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.