YUNESKO / Koreya Respublikasi “Global fuqarolik ta’limi uchun mukofoti – 2025” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar!
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasini YUNESKO va Koreya Respublikasi tomonidan ta’sis etilgan “Global fuqarolik ta’limi uchun mukofoti – 2025” xalqaro tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz.
Tanlov global fuqarolik, inson huquqlari, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot sohalarida innovatsion va ta’sirchan loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
🔹 Mukofot miqdori: Har bir g‘olibga 50 000 AQSh dollari
🔹 Ishtirokchilar: Ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, shaxsiy tashabbus egalari
🔹 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 1-sentabrga qadar
🔹 Tavsiyanoma: Arizalar YUNESKOning O‘zbekiston Milliy Komissiyasi orqali yuboriladi
Universitetimiz jamoasi tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy ta’sirga ega loyihalar, ayniqsa yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy inklyuziya va sport orqali fuqarolik qadriyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ushbu mukofot doirasida ishtirok etishi mumkin.
👉 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: https://unesco.sharepoint.com/sites/committees/GCED/