✅ Yoshlar sport ruhi bilan yashamoqda!
🔴O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan Chirchiq shahri va Qibray tumanidagi mahallalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida tashkil etilgan sport to‘garaklari kundan-kunga ommalashib bormoqda.
🔺 Bugungi kunga kelib, ushbu to‘garaklarda ishtirok etayotgan yoshlar soni 700 nafardan oshdi, ularning safi esa har kuni kengayib bormoqda.
⏺ Qizig‘i shundaki, to‘garak mashg‘ulotlarini ota-onalar ham kuzatib borishmoqda. Farzandlarining sport bilan shug‘ullanishi ularni g‘oyat quvontirmoqda.
⏺ Ayni kunlarda to‘garak a'zolari yurtimiz mezbonligida o‘tayotgan 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha Jahon chempionati bahslarini katta qiziqish bilan tomosha qilmoqdalar.
🗣 Bu esa:
💬Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga,
💬Muhlislik madaniyatining shakllanishiga,
💬Jamoat joylaridagi odob-axloq me’yorlarini o‘zlashtirishiga xizmat qilmoqda.
🟡 Har bir tomosha, har bir hayajonli lahza – yoshlar qalbida orzu va motivatsiya uyg‘otmoqda.
🗣Sport – bu faqat jismoniy harakat emas, balki sog‘lom tafakkur, mustahkam iroda va jamiyatga foydali shaxsni shakllantirish yo‘lidir!